Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailovni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Qozog‘iston bosh vaziri O‘zbekiston yetakchisiga Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Davlat rahbari O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Oliy darajada erishilgan, shu jumladan tovar ayirboshlashni oshirish, sanoat kooperatsiyasi va logistika loyihalarini ilgari surish borasidagi kelishuvlarning to‘liq amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Bu borada qo‘shma hukumatlararo komissiyaning samarali ishini davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025