Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda turar joy binolarini noturar mulk obektiga o‘tkazib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida pul evaziga turar joy binolarini noturar mulk obektiga o‘tkazib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda S.S. ismli shaxs fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, unga fuqaro J.R.ga tegishli yer maydonida qurilgan turar joy binolarini noturar mulk obektiga o‘tkazib berishi evaziga 6 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan
16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi
10:20 / 05.05.2025