Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya BMTning Janubiy Koreyadagi qo‘mondonligini tarqatib yuborishga chaqirdi
Pxenyan AQSh shafeligida faoliyat yuritayotgan Janubiy Koreyadagi BMT qo‘mondonligini «noqonuniy harbiy tashkilot» deb atadi.
Shimoliy Koreya KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi qurolsizlantirilgan hududni nazorat qiluvchi BMT qo‘mondonligini tarqatib yuborishga chaqirdi. Bu haqda 13 noyabr, dushanba kuni Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligiga tayanib, Reuters xabar berdi.
Pxenyan AQSh shafeligida faoliyat yuritayotgan Janubiy Koreyadagi BMT qo‘mondonligini «noqonuniy harbiy tashkilot» deb atadi. 1950 yilda yaratilgan ushbu tuzilma Koreya urushini tugatgan sulh shartlari bajarilishini nazorat qiladi.
Bayonotga Seulda AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin va uning Janubiy Koreya va Yaponiyadagi hamkasblari Shin Von Sik hamda Minoru Kixara o‘rtasidagi uchrashuv sabab bo‘ldi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar Shimoliy Koreya raketalari bo‘yicha real vaqt rejimida ma’lumotlar almashish sxemasi bo‘yicha kelishib oldi, KXDR va Rossiya o‘rtasidagi kuchayib borayotgan harbiy hamkorlikni qoralab, buni BMT rezolyutsiyalarini buzish deb atadi, deya yozmoqda Reuters.
AQSh Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik kuchayib borayotganidan xavotirda
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken 9 noyabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seulga tashrifi chog‘ida Rossiya va KXDR o‘rtasidagi harbiy hamkorlik kuchayib borayotganidan xavotir bildirdi. Blinken koreyalik hamkasbi Pak Chinning «jiddiy xavotirlari»ni tushunishini aytdi. Ikki davlat tashqi siyosat idoralari rahbarlari, shuningdek, Shimoliy Koreyadan kelayotgan tahdidlarga qarshi kurashish uchun kengaytirilgan tiyib turish strategiyasini amalga oshirish va Yaponiya bilan strategik hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilgan.
Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlar Xitoyni KXDR va Rossiya tomonidan olib borilayotgan «qurol savdosi»ni to‘xtatishga ko‘ndirish uchun harakat qiladi, dedi Pak Chin.
KXDR TIV Blinkenning «mas’uliyatsiz va provokatsion bayonotlari» Koreya yarimoroli va butun mintaqada siyosiy va harbiy keskinlikni oshirayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025