O‘zbekiston | 13:56 / 14.11.2023
50783
2 daqiqa o‘qiladi

UzAuto Motors Onix narxlarini oshirdi

Chevrolet Onix’ning eng arzon komplektatsiyasi narxi 149 mln so‘mdan 177 mln so‘mgacha qimmatlashdi. Narxi oshirilgan 5 xil turdagi Onix modellarining birortasi sotuvda yo‘q.  

Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Onix’ning bir qator pozitsiyalari uchun narxlarini oshirdi. Chevrolet.uz saytidagi yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, narxlar 4,6 mln so‘mdan 28 mln so‘mgacha qimmatlashgan. Narx oshgani haqidagi ma’lumotlar bu safar ham rasman e’lon qilinmadi.  

Chevrolet Onix modellarining narxlari quyidagicha o‘zgargan: 

  • Chevrolet Onix LS MT 149 mln so‘mdan 176,9 mln so‘mga;
  • Chevrolet Onix 1LT MT 155 mln so‘mdan 180,8 mln so‘mga;
  • Chevrolet Onix 4LT LTZ Turbo AT 185 mln so‘mdan 199,9 mln so‘mga;
  • Chevrolet Onix Premier-1 – 207,3 mln so‘mdan 211,9 mln so‘mga;
  • Chevrolet Onix Premier-2 – 214,7 mln so‘mdan 219,6 mln so‘mga qimmatlagan.

E’tiborga molik jihati, ushbu pozitsiyadagi Onix avtomobillarining birortasi sotuvda mavjud emas.

Avvalroq, Onix 3LT MT modelining narxi ham 159 mln so‘mdan 184,7 mln so‘mga oshirilib, keyin sotuvga chiqargandi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan oyda Lacetti, Damas, Labo va Cobalt modellari narxlari ham 4,7 mln so‘mdan 9 mln so‘mgacha qimmatlashgandi.

Mavzuga oid