Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi «Baland» masjidining tarixiy binosi saqlab qolinadi - hokimlik
Shayxontohur tumanidagi «Baland» masjidining tarixiy binosi yangi quriladigan masjid bilan o‘rab olinadi.
Toshkent shahar hokimligi Shayxontohur tumanidagi «Baland» masjidining tarixiy binosi yangi qurilish sabab xavf ostida qolgani haqida tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot berdi.
Hokimlik masjidning tarixiy binosi saqlanib, yangi bino ichida qolishini ma’lum qildi.
«Tarixiy bino „konservatsiya“ qilinadi, lekin shu bilan birga, o‘zining birlamchi vazifasini saqlab qoladi va namoz o‘qish joyi sifatida xizmat qilishni davom ettiradi. Unda tahoratxonalar, xodimlar uchun oshxona va boshqa zamonaviy sharoitlar yaratiladi», — deyiladi hokimlik xabarida.



Bunday yondashuv tarix va zamonaviylik uyg‘unligini saqlashda optimal yondashuv ekani, kelgusida uni tarixiy ahamiyatga ega boshqa diniy obektlarda ham qo‘llash rejalashtirilgani qo‘shimcha qilingan.
Mavzuga oid
12:22 / 24.01.2025
Toshkentdagi maktab o‘quvchilarining 2 nafarida sil aniqlandi
13:35 / 25.09.2024
Shayxontohur tumaniga yangi hokim tayinlandi
18:35 / 22.09.2024
Toshkentda ayol yosh bolasini ayovsiz urgani videosi tarqaldi
11:14 / 12.08.2024