Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda qishloq xo‘jaligida suv tanqisligining oldini olish uchun yangi suv chiqarish inshooti quriladi
Qishloq xo‘jaligida suv tanqisligi oldini olish uchun 1200 gektar yer maydonini suv bilan ta’minlovchi yangi suv chiqarish inshooti quriladi hamda 1700 gektar yer maydonini suv bilan ta’minlovchi “Guliston” suv chiqarish inshooti kapital ta’mirlanadi.
"2024 yilda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanini Xitoy tajribasi asosida, shu jumladan yangi yondashuvlar, innovatsion va “yashil texnologiyalar” hamda boshqaruvda zamonaviy usullarini qo‘llagan holda kambag‘allikdan chiqarish to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Andijon viloyati hokimligi, Transport vazirligi bilan birgalikda Paxtaobod tumanida 3 ta yangi yo‘nalishni tashkil etish, 10 ta yangi avtobus, 20 ta mikroavtobus sotib olish orqali aholiga yanada sifatli transport xizmatini yo‘lga qo‘yadi.
Andijon viloyati hokimligining Paxtaobod tumanida ayollar daromadini oshirish ularga munosib mehnat sharoitlari yaratish maqsadida, tumandagi sektorlar hududining mehnat resurslari ko‘p va aholi zich joylashgan 4 tadan mahallalarida har birida 50 tadan yangi ish o‘rinlariga ega tikuvchilik sexlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
Andijon viloyat hokimligi Paxtaobod tumanida “drayveri” issiqxonachilik bo‘lgan Andijon, Ahillik, Bo‘stonobod, Do‘ngqishloq, Durdiyor, Ziyoli, Ko‘kto‘nlik, Qoraqo‘rg‘on, Mustahkam, Navbahor, Obod, Paynob va Qo‘rg‘oncha mahallalarida kooperatsiya tashkil etadi.
Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligida suv tanqisligi oldini olish uchun 1200 gektar yer maydonini suv bilan ta’minlovchi yangi suv chiqarish inshooti qurish hamda 1700 gektar yer maydonlarini suv bilan ta’minlovchi “Guliston” suv chiqarish inshootini kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi.
Energetika vazirligi hamda Andijon viloyat hokimligi bilan birgalikda, 2024 yilda jami 15 nafar tadbirkorning bino va inshootlariga quyosh panellari, 200 ta aholi xonadoni va 1 ta ko‘p qavatli uyga qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatish hamda kichik fotoelektr stansiyalarini barpo etishni ta’minlaydi.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025