O‘zbekiston | 07:25 / 17.11.2023
9597
1 daqiqa o‘qiladi

Sanitariya qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori oshirildi

O‘zbekistonda sanitariya qonunchiligini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik uchun jarima miqdori oshirildi.

Yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, sanitariya qonunchilikni, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzish:

fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha — 1 million 650 ming so‘mdan 3,3 million so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi. Ilgari bu BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha edi;

mansabdorlarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha  — 4 million 950 ming so‘mdan 6,6 million so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi. Ilgari bu miqdor BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha edi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Mavzuga oid