O‘zbekiston | 07:31 / 17.11.2023
35173
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida vertolyot ishtirokida to‘y korteji uyushtirildi

Oqqo‘rg‘onda kelin-kuyovni olib ketayotgan vertolyot va yettita Captiva ishtirokida to‘y korteji uyushtirildi. Kortej ishtirokchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda kuyov kelinni uydan vertolyotda olib ketayotgani, ortidan yettita Captiva avtomobili korteji harakatlangani aks etgan video tarqaldi.

Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, voqea Oqqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Kortej yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit bergan.

Haydovchilarga nisbatan 129-modda (Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi

Mavzuga oid