Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazeera Airways Farg‘onadan Kuvaytga yangi aviaqatnovni yo‘lga qo‘yadi
Aviakompaniya dekabr oyidan boshlab Kuvayt-Farg‘ona-Kuvayt yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yishga qaror qilgan.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Jazeera Airways aviakompaniyasining O‘zbekiston va Tojikiston bo‘yicha direktori Ildar Abubekirovni qabul qildi.
Uchrashuvda Jazeera Airways tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan Kuvayt-Farg‘ona-Kuvayt yo‘nalishidagi aviaqatnov bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, Farg‘ona xalqaro aeroportidan ushbu aviakompaniya bilan birgalikda Misr, Turkiya va qator Yevropa mamlakatlariga aviaqatnovlarni tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonning uchta shahridan Jazeera Airways tomonidan Kuvaytga amalga oshirilayotgan aviaqatnovlarda Farg‘ona viloyatida yashovchi yo‘lovchilar salmoqli hissaga ega ekanini qayd etgan Ildar Abubekirov, aviakompaniya bundan kelib chiqqan holda dekabr oyidan boshlab Kuvayt-Farg‘ona-Kuvayt yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yishga qaror qilganini ma’lum qildi.
168 o‘ringa mo‘ljallangan Airbus A320neo samolyotlarida dastlabki bosqichda haftasiga 3 ta aviareys tashkil etilsa, kelgusi oylardan boshlab kunlik aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Muloqot davomida shuningdek, Farg‘onadan Misr, Turkiya va qator Yevropa mamlakatlariga aviaqatnovlarni tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:10 / 13.05.2025