O‘zbekiston | 13:47 / 20.11.2023
10252
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonning O‘sh shahriga O‘zbekistonning birinchi bosh konsuli tayinlandi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan bosh konsuli Zafar Ahmedov bugun Qirg‘izistonning O‘sh shahriga yetib bordi.

Foto: Dunyo AA

«Dunyo» xabariga ko‘ra, u shu paytga qadar Konsullik-huquqiy departamenti bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. Diplomat 54 yoshda. Xorazm pedagogika institutini (1992 yildan boshlab Urganch davlat universiteti) tamomlagan.

O‘tgan yillar davomida maktabda o‘qituvchi, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, TIV tizimida, jumladan, Pokistondagi elchixonada turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Shuningdek, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining maslahatchisi bo‘lib ishlagan.

O‘zbekistonning O‘sh shahridagi bosh konsulligi 2022 yilda ochildi. Konsullik okrugiga Qirg‘izistonning Botken, Jalolobod va O‘sh viloyatlari kiradi.

Mavzuga oid