Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va Saudiya Arabistoni Madaniyat vazirligi mutasaddilari o‘rtasida video-konferens-aloqa vositasida muloqot tashkil etildi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, ushbu onlayn uchrashuv chog‘ida Saudiya Arabistonida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Podshohlik madaniyat vazirining maslahatchisi doktor Xolid al-Rashud O‘zbekistonning boy tarixi va yuksak madaniy merosi bilan Saudiya jamoatchiligini yaqindan tanishtirish uchun mazkur tadbirni tez kunlarda o‘tkazishdan o‘z mamlakati manfaatdor ekanligini ma’lum qildi.
O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov bunday tadbirlar "xalq diplomatiyasi"ning muhim qismi ekanligi haqida to‘xtalar ekan, Podshohlikda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazilishi saudiyaliklarning O‘zbekiston ko‘p qirrali madaniyati bilan yaqindan tanishishi uchun juda yaxshi imkoniyat yaratishini aytdi.
Onlayn muloqot chog‘ida bo‘lajak madaniy tadbirni o‘tkazishning tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025