Rossiya sudi Nobel mukofoti laureati Muratovni «chet el agentlari» ro‘yxatida qoldirdi
«Novaya gazeta»ning sobiq bosh muharriri Muratov «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlar OAVga intervyu bergan va shuning uchun Rossiya haqida ijobiy yoki neytral gaplar ayta olmagan, dedi sud jarayonida Rossiya Adliya vazirligi vakili.
Moskvaning Zamoskvoretsk sudi 21 noyabr, seshanba kuni «Novaya gazeta» sobiq bosh muharriri Dmitriy Muratovning Rossiya Adliya vazirligiga «chet el agentlari» deb ataluvchi reyestrdan chiqarishni talab qilgan da’vosini rad etdi. Adliya vazirligi 2023 yil 1 sentabrda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Muratovni ushbu ro‘yxatga kiritdi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalist «chet el agentlarining cheklanmagan miqdordagi xabarlari va materiallarini yaratish hamda tarqatishda ishtirok etgan, Rossiyaning tashqi va ichki siyosatiga salbiy munosabatni shakllantirishga qaratilgan fikrlarni tarqatish uchun xorijiy platformalardan foydalangan».
21 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida Rossiya Adliya vazirligi vakili Muratov «do‘st bo‘lmagan mamlakatlar» – Latviya va Buyuk Britaniya OAVga intervyu berganini, bu «da’vogar tomonidan Rossiya haqida ijobiy yoki neytral materiallar va fikrlar tarqatilishini istisno qilishini» aytdi.
Muratov xorijdan moliyalashtirilganini rad etyapti
Dmitriy Muratov chet eldan mablag‘ olmaganini va hech qachon olmaganini aytdi. «Novaya gazeta» sobiq bosh muharriri so‘zlariga ko‘ra, jurnalist ishining mohiyati ma’lumot tarqatishdan iborat va «chet el agentlari» ro‘yxati a’zolaridan iqtibos keltirish qonun bilan taqiqlanmagan. Shuningdek, u Rossiya konstitutsiyasining 29-moddasi Rossiya hududida senzurani taqiqlashini eslatdi.
Rossiyada «chet el agenti» tushunchasini muomalaga kiritish to‘g‘risidagi qonun 2010-yillarning boshida qabul qilingan. Birinchidan, u Adliya vazirligiga xorijdan mablag‘ oladigan va siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notijorat tashkilotlarni «chet el agenti» deb tan olishga ruxsat berdi. 2022 yil 1 dekabrdan boshlab qonun nafaqat xorijdan mablag‘ oladigan, balki chet eldan «qo‘llab-quvvatlayotgan» hamda «chet el ta’siri ostida» bo‘lganlarni ham «chet el agenti» deb e’lon qilishga imkon yaratdi. Bugungi kunda Rossiyadagi «chet el agentlari»ning rasmiy ro‘yxatida 600 ga yaqin turli shaxslar va tashkilotlar mavjud.
Mavzuga oid
10:40 / 26.11.2024
Varlamovga «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunni buzganlik bo‘yicha ish ochildi
11:04 / 15.11.2024
RFda «chet el agentlari»ning ayrim daromadlardan foydalanishi qiyinlashadi
11:59 / 08.11.2024
RFda «chet el agentlari» va mamlakatni tark etganlar daromaddan mahrum qilinadi
10:10 / 02.10.2024