Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Namanganda yarim milliard so‘mdan ortiq elektrdan noqonuniy foydalanilganini aniqladi
DXX Namangan viloyatida yarim milliard so‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqladi.
Namangan shahridagi tikuvchilik faoliyatiga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli xonadonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.
Unda MChJ mas’ullari tomonidan elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa yashirin ravishda ulangan holda foydalanib kelinishi natijasida 422 million 897 ming so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.
Namangan shahrida kuzatilgan boshqa holatda esa savdo va umumiy ovqatlanish binosida qonunga xilof ravishda 113 million 741 ming so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025