Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy Majlis va Butunxitoy xalq vakillari kengashi o‘rtasidagi hamkorlik jadallashtiriladi
Senat raisi Tanzila Norboyevaning 22 noyabr kuni Xitoyning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Tszyun bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, davlat rahbarlarining muntazam muloqot olib borishi, o‘zaro tashrif va uchrashuvlari natijasida xalqlar o‘rtasida turli sohalardagi aloqalar mutlaqo yangi bosqichga chiqdi.

Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikda ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etilib, joriy yil boshidan (yanvar-avgust) o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 36 foizga o‘sdi. Ko‘rsatkichlarni yanada oshirish uchun imkoniyatlar yetarli ekani, nafaqat hukumatlar darajasida, balki hududlararo hamkorlik aloqalarini ham yanada kengaytirish lozimligi qayd etildi.
Parlamentlararo aloqalar mamlakatlar o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlashning amaliy mexanizmi ekanligidan kelib chiqib, Oliy Majlis va Butunxitoy xalq vakillari kengashi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada jadallashtirish, buning uchun faol sa’y-harakatlarni olib borish muhimligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, muloqot davomida fan, ta’lim hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi
19:32 / 25.04.2025