O‘zbekiston | 07:33 / 24.11.2023
6634
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yerusti metrosi ostida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari quriladi

Toshkent shahar hokimligi tadbirkorlarni yerusti metro liniyalari ostidagi hududlardan foydalanish bo‘yicha hamkorlikka chaqirdi.

Yerusti metro liniyalari ostidagi foydalanilmayotgan yerlarning umumiy maydoni 100 ming kvadrat metrni tashkil etib, uning kamida 50 foizi tadbirkorlar uchun qo‘shimcha daromad nuqtasiga aylanishi va shu orqali aholi farovonligi, hududlardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

Ushbu binolarni sotib olish yoki ijarasi narxi turar joy majmualarining birinchi qavatlaridagi noturar joy obektlariga nisbatan ancha hamyonbop. Ilgari bu joylarda bolalar o‘yin maydonchalari, sayr qilish uchun hududlar yaratilgan bo‘lib, ular bolalar, ularning onalari va buvilarining sevimli maskaniga aylangan. Qish fasli yaqinlashayotgani munosabati bilan keyinchalik ularda joylashgan do‘konlar, qahvaxonalar va o‘yin maydonchalariga tutash hududlar aholisi uchun yana bir qulay maskanga aylanishi kutilmoqda.

Sinov tariqasida o‘tgan yilning o‘rtalarida 2-metro bekati yaqinida tijorat binolari ochilgan. Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, uni 3- va 4-stansiyalar oralig‘ida — aholi zichroq joylashgan hududlarda amalga oshirishga qaror qilindi.

Keyinchalik, birinchi bosqichda Rohat aylanma yo‘ligacha, ikkinchi bosqichda esa Rohat aylanma yo‘lidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan obektlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid