Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoqning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga keladi
Devid O’Sallivan 29-30 noyabr kunlari Toshkentga keladi. Tashrifdan maqsad – Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi qo‘llayotgan sanksiyalari bo‘yicha konstruktiv muloqot o‘tkazish. O’Sallivan shu yil aprel oyida ham O‘zbekistonda bo‘lgan edi.
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan 29-30 noyabr kunlari Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda YeIning O‘zbekistondagi delegatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzga javoban Yevropa Ittifoqi sanksiyalari bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirish ekanligi keltirilgan.
O’Sallivanning O‘zbekistonga avvalgi tashrifi joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgandi.
Avvalroq, The Bell nashri 2023 yilning birinchi yarmida Rossiyaning qo‘shni davlatlardan amalga oshirgan importi 5,2 mlrd dollarga yoki 37 foizga oshgani haqida xabar bergandi. Mutaxassislar Rossiya shu yo‘l bilan G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tayotganini va kiritilgan cheklovlar kutilgan natijani bermayotganini taxmin qilishgan.
O’Sallivan bundan 7 oy oldin, aprel oyi oxirida ham O‘zbekistonga kelgan va prezident Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘lgan va shundan keyin o‘tkazgan matbuot anjumanida O‘zbekiston o‘z hududidan sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalanilishiga qarshi ekaniga ishonch hosil qilganini aytgandi.
Mavzuga oid
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
14:36 / 23.05.2025