Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya organlariga ikki sohada qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni qo‘llash vakolati berilmoqda
Adliya organlariga intellektual mulk hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni qo‘llash vakolati beriladi.
Senatning qirq yettinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston adliya organlari tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama markazida bo‘ldi.
Qonun bilan Bojxona kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirish orqali endilikda eksport rejimida ham intellektual mulk himoya qilinishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalarni berish muddati qisqartirilmoqda.
Adliya organlariga intellektual mulk hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni qo‘llash vakolati berilmoqda.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foizlik chegirma qo‘llanilishi belgilanmoqda.
Muhokama yakunida senatorlar qonunni ma’qulladi.
Mavzuga oid
18:08 / 17.03.2025
Avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
19:28 / 06.03.2025
Sud faoliyatiga aralashganlar uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi
16:50 / 01.01.2025
Suriya adliya vaziri: Jinoyatga aloqadorlarning barchasi mustaqil sud oldida javob beradi
12:38 / 24.12.2024