Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy ijro organlarining qurilish sohasiga oid ayrim vakolatlari bekor qilinadi
Shaharsozlik kodeksiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati obektlarini qurish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish bo‘yicha vakolatlari bekor qilinishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilyapti.
Senatning qirq yettinchi yalpi majlisida “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Senatorlar tomonidan Shaharsozlik kodeksiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati obektlarini qurish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish bo‘yicha vakolatlari bekor qilinishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilayotganligi muhim ahamiyatga egaligi aytib o‘tildi.
Qayd etilganidek, qonun arxitektura va qurilish sohasidagi ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etishga, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga, shuningdek, sport-ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilashga xizmat qiladi.
Qonunda yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik sub’yektlari mehnat shartnomasini tuzgan holda besh nafargacha doimiy xodimni yollash, shuningdek bir oilaviy korxona ishtirokchisiga bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo‘lish huquqini berish ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, Bojxona kodeksiga davlat hamda nodavlat sport-ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import qilinadigan maxsus sport kiyim-boshlari, poyabzal, sport anjomlari va jihozlari hamda uskunalarining ellik foizi uchun bojxona bojini to‘lashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
17:27 / 05.05.2025
Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi
16:10 / 05.05.2025
Toshkentdagi Qo‘yliq bozori yopilmasligi ma’lum qilindi
20:46 / 18.04.2025