Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish maqsadida qonunchilikni uyg‘unlashtirish bo‘yicha harakatlarni faollashtirdi
Jahon savdo tashkiloti (JST) saytida "O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga yangi turtki bermoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Unda ma’lum qilinganidek, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning so‘nggi yig‘ilishida a’zo davlatlar respublika hukumatining tashkilotga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlari faollashganini yuqori baholadi.
"Katta delegatsiyaning ishtiroki O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish borasidagi qat’iy va jiddiy sodiqligini aks ettiradi", deya bayonot berdi ishchi guruh raisi, Koreya Respublikasi elchisi Yun Son Dok. Elchi, shuningdek, iyun-oktyabr oylari davomida O‘zbekiston ishchi guruhining yettinchi yig‘ilishi uchun tashkilotga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirishga qaratilgan bir qator yangilangan hujjatlarni taqdim etganini ham ta’kidladi.
Muallifning qayd etishicha, JST bosh direktorining o‘rinbosari Syanchen Chjan ishchi guruhga murojaatida institutsional o‘zgarishlarni, ichki muvofiqlashtirish va O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan muzokaralar uchun qo‘shimcha materiallarni qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidlagan. Xususan, u JST qoidalariga muvofiqligini ta’minlash uchun qonun hujjatlarini ko‘rib chiqish mexanizmining institutsionalizatsiyasiga yuqori baho bergan.
Maqolada ta’kidlanishicha, O‘zbekiston ishchi guruhning so‘nggi yig‘ilishidan buyon Gurjiston, Mo‘g‘uliston, Nigeriya, Turkiya va Saudiya Arabistoni kabi besh a’zo mamlakat bilan ikki tomonlama bitimlar imzolanishi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etgan. Mamlakat, shuningdek, bozorlarga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarda 31 a’zo bilan faol hamkorlik qildi.
"O‘zbekiston o‘z milliy qonunchiligini JST qoidalari bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini, jumladan, Adliya vazirligi huzurida Milliy qonunchilikni JST bitimlari bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha yangi bo‘lim tashkil etish asnosida sezilarli darajada faollashtirdi", deb yozadi manba.
Mavzuga oid
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi
14:42 / 05.03.2025
Reklama qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq korxona jarimaga tortildi
14:24 / 09.12.2024