Bayden Golodomorning 90 yilligi munosabati bilan bayonot berdi
Jo Bayden Golodomorning 90 yilligi munosabati bilan millionlab ukrainaliklar Stalin siyosati tufayli azob chekib, halok bo‘lganini esladi. Hozir ham Ukraina qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi hujumga uchramoqda, dedi AQSh prezidenti.
AQSh prezidenti Jo Bayden 25 noyabr kuni Ukrainada 90 yil avval sodir bo‘lgan Golodomor qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan murojaat bilan chiqdi. Baydenning murojaati Oq uy saytida e’lon qilingan.
Amerika rahbari 1932-1933 yillarda «Iosif Stalin va sovet tuzumining g‘ayriinsoniy siyosati» tufayli sun’iy ravishda yaratilgan ocharchilik tufayli millionlab ukrainaliklar aziyat chekkani va halok bo‘lganini eslatdi. «Stalin va uning rejimi Ukrainaning milliy o‘ziga xosligini bostirish maqsadida muntazam ravishda Ukraina g‘allasi va fermer xo‘jaliklarini egallab olgan va Ukraina g‘allasini SSSRning boshqa hududlariga jo‘natgan», - dedi Bayden. Endilikda, uning qayd etishicha, Ukraina qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi yana hujum ostida.
«Rossiya kuchlari dalalarga ataylab zarar yetkazish, Ukraina don omborlari va portlarini vayron qilish orqali Ukraina iqtisodiyoti va mustaqilligini yo‘q qilishga intilmoqda. Bu nafaqat Ukrainaning iqtisodiy xavfsizligiga hujum, balki butun dunyo bo‘ylab oziq-ovqat xavfsizligiga tajovuzdir», - deya ta’kidladi Amerika prezidenti va yana bir bor Ukraina bo‘yicha birdamligini bildirdi.
Ukraina rasmiylari ham bayonotlar bilan chiqdi
Ukraina rasmiylari ham fojiali yubiley munosabati bilan bayonotlar berdi. Shu tariqa, mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ukrainaliklarning «ovozini o‘chirish, yo‘q qilish», keyin esa «haqiqatni yashirish va dahshatli jinoyatlarni o‘chirishga» urinish bo‘lganini, biroq buning hech biri mumkin emasligini yozdi. «Yomonlik to‘xtatilmadi. Endi biz uni to‘xtatyapmiz. Ukraina omon qoladi. Ukraina yo‘qolmaydi. Ukraina o‘zini va haqiqatni saqlab qoladi», - deya xulosa qildi Zelenskiy.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba X ijtimoiy tarmog‘ida Ukraina tashabbusi bilan BMTda Golodomorning 90 yilligiga bag‘ishlangan deklaratsiya 55 davlat tomonidan imzolangani, uni Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi ham qo‘llab-quvvatlaganini yozdi. «Golodomor dahshatlari hozirgi va kelajak avlodlarga Ukrainaga qarshi davom etayotgan tajovuzkorlikning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan bunday vahshiylik va ochlikdan qurol sifatida foydalanishga urinishlar oldini olish zarurligini aniq eslatib turishi kerak», deya ta’kidladi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari.
Bugungi kunga qadar dunyoning 30 ta davlati o‘tgan asrning 30-yillari boshlarida SSSR hududida ro‘y bergan ommaviy ocharchilikni Ukraina xalqining genotsidi sifatida tan oldi. Bu, xususan, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSh parlamentlari, shuningdek, Yevroparlament va Yevropa kengashi Parlament assambleyasi tomonidan amalga oshirildi.
Mavzuga oid
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
09:02 / 20.11.2024
Qayta saylanmaslik erkinligi: Bayden Kiyevga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda
05:07 / 18.11.2024
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
12:44 / 17.11.2024