Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Beeline Uzbekistan” “Silk Road Samarkand”da barqaror aloqani ta’minlab berdi
Ayni paytda Samarqand sayyohlik markazi hududida 4G/LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi to‘rtta baza stansiyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Aloqa infratuzilmasini ta’minlash Samarqand shahridagi eshkak eshish kanali atrofidagi binolar majmuasini qurish bilan bir vaqtda amalga oshirildi. Ushbu sayyohlik obektiga tashrif buyuruvchilar ikki yildan kamroq vaqt ichida raqamli operator tarmog‘ida 1 700 000 soatdan ortiq vaqt davomida suhbatlashdilar.
Beeline Uzbekistan 2022 yilda ochilgan “Silk Road Samarkand” mehmonlari va xodimlarining raqamli faolligini tahlil qildi. Majmua hududidagi baza stansiyalari orqali 1 700 000 soat ovozli qo‘ng‘iroqlar va 150 000 terabayt ma’lumotlar o‘tkazildi. Ushbu trafik miqdorini 75 million soatlik HD video yoki 150 million to‘liq metrajli film bilan solishtirish mumkin.
“Samarqandlik mehmonlar va shahar aholisining qizg‘in faolligi bizdan aloqa qamrovi va sifati ustida qattiq ishlashni talab qiladi. Shuning uchun biz nafaqat baza stansiyalari tarmog‘ini doimiy ravishda kengaytirmoqdamiz, balki yirik korxonalar bilan birgalikda markazga tashrif buyuruvchilar o‘z taassurotlari bilan yuqori tezlikda bemalol o‘rtoqlasha olishlari, majmua hududidagi biznes-obektlar esa o‘z masalalarini hal qilishi uchun yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqmoqdamiz”, deydi “Beeline Uzbekistan” korporativ biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Fisenko.
“Boqiy shahar” majmuasi mehmonlarining eng keskin faolligi, raqamli operatorning ma’lumotlariga ko‘ra, ochilishdan keyingi birinchi haftalarga to‘g‘ri kelgan. 2022 yil kuzida Samarqandda Osiyo va dunyoning 16 ta yirik davlati, davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etgan "Shanxay hamkorlik tashkiloti" sammitining poytaxtiga aylandi. Shunday qilib, atigi yetti kun ichida “Beeline Uzbekistan” foydalanuvchilari Savdo markazida 1000 kundan ortiq “ovozli" suhbat o‘tkazishdi va 18 TBdan ortiq internet-trafik hajmidagi ma’lumotlarni va fayllarni yuklab olishdi.
“Samarqand viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish, sayyohlarni noyob tarixiy-madaniy va me’moriy meros obektlari bilan keng tanishtirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, ko‘rsatilayotgan turizm va mehmonxona xizmatlari sifatini oshirish, xorijlik sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida, ovozli aloqa va tezkor internetga barqaror kirishni tashkil qilish lozim edi. "Beeline Uzbekistan" nafaqat ko‘chada, balki binolar ichida ham kommunikatsiyalardan foydalanish uchun mehmonxona obektlari infratuzilmasini va kongress markazini qurish va ulashni ta’minladi”, — deydi Eriell Group (mehmonxonalarni rivojlantirish yo‘nalishi) mintaqaviy IT direktori Sergey Voloshenko. “Beeline Uzbekistan” digital-operatori Eriell Group kompaniyasining O‘zbekistondagi uzoq muddatli hamkori hisoblanadi.
Ko‘chma baza stansiyasi 2021 yil fevral oyida o‘z ishini kelajakdagi diqqatga sazovor joylar qurilishi vaqtida maydonni barqaror aloqa bilan doimiy ravishda ta’minlash maqsadida boshlagan. 2022 yil iyul oyida to‘rtta yuqori quvvatli statsionar baza stansiyalari tijoriy maqsadda foydalanishga topshirildi va belgilangan obektda yuqori samaradorlik bilan ishlashda davom etmoqda.
Aloqa tarmoqlarini qurishda RAN (Radio access network) Sharing texnologiyalaridan foydalanilgan, bu qurilgan ulanish tarmog‘ining bir nechta operatorlar birgalikda foydalanishini o‘z ichiga oladi, ulardan biri Beeline Uzbekistan va DAS (Distributed Antenna System) bo‘lib, butun bino bo‘ylab antennalar o‘rnatilganda, ular bitta liniya orqali baza stansiyaga ulanadi. Bunda bino va tayanch stansiyaga aloqa bitta liniya orqali ulanadi. DAS tizimi binoning ichki qismini saqlab qolgan holda, butun bino bo‘ylab kabellarni, bir nechta antennalarni va quvvatlagichlar ega bo‘lishni talab qiladi. Aloqa infratuzilmasini ta’minlash Samarqand shahridagi eshkak eshish kanali atrofidagi binolar majmuasini qurish bilan bir vaqtda amalga oshirildi.
“Silk Road Samarkand” — biznes, madaniy, tibbiy va gastronomik turizm obektlarini o‘zida birlashtirgan ko‘p tarmoqli turistik majmua hisoblanadi. Bu keng ko‘lamli loyiha yangi Samarqand va mintaqadagi yangi sayyohlik imkoniyatlari ramzi bo‘lib, butun Markaziy Osiyoda zamonaviy sayyohlik markaziga aylantirish rejalashtirilgan. Majmua ochilganidan beri MICE turizmiga ixtisoslashgan, yuqori xalqaro darajadagi forumlar, konferensiyalar, jumladan, jahon iqtisodiyotining yetakchi mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari ishtirokida o‘tkaziladigan tadbirlar uchun mamlakatning o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylandi. 2023 yil kuzida esa majmuada Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh assambleyasining yubileyi, 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta 160 dan ortiq davlatdan mehmonxona sohasi va davlat tashkilotlari vakillarini jamlagan juda muhim tadbirga mezbonlik qildi.
***
“Unitel” MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi
VEON 6 jadal rivojlanib borayotgan mamlakatda 160 milliondan ziyod foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.
Beeline Uzbekistanʼda 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. “Unitel” MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SBʼning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan
Reklama
Mavzuga oid
18:45 / 20.02.2025
Beeline Uzbekistan 2025 yilni tarmoqni keng ko‘lamli modernizatsiya qilishdan boshladi
14:00 / 29.01.2025
Yarim milliondan ziyod yangi foydalanuvchi: o‘zbekistonliklar Hambi superapp’ni tanlamoqda
16:35 / 26.12.2024
Beeline Uzbekistan 100 nafar o‘qituvchiga sun’iy intellekt va kibergigiyenani o‘zlashtirishda ko‘maklashdi
18:08 / 25.12.2024