O‘zbekiston | 15:02 / 27.11.2023
5310
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va IHT qish mavsumi oldidan afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidentining va IHTning maxsus vakillari Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Afg‘oniston bo‘yicha yaxlit pozitsiyasini ishlab chiqish yuzasidan fikr almashdi.

Foto: TIV

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tariq Baxit bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida Afg‘onistondagi bugungi vaziyat va IHTga a’zo davlatlarning yaxlit pozitsiyasini ishlab chiqish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tomonlar Afg‘onistonda inson huquqlari, ayniqsa, ayollar va qizlar huquqlarini ta’minlash, qish mavsumi oldidan afg‘on xalqiga insonparvarlik yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligini muhokama qildi.

Mavzuga oid