Jamiyat | 17:58 / 27.11.2023
36683
1 daqiqa o‘qiladi

Talabalar uchun qishki ta’til kunlari belgilandi

Foto: Kun.uz

O‘zbekistondagi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til muddati 2023 yilning 25 dekabridan 2024 yilning 7 yanvarigacha deb belgilandi.

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i qabul qilingan.

Ta’til 13 kalendar kun davom etadi va darslar 8 yanvar, dushanbadan boshlanadi.

Mavzuga oid