O‘zbekiston | 20:56 / 28.11.2023
12884
2 daqiqa o‘qiladi

Hojiboy Tojiboyev asarlaridan foydalanish bo‘yicha mutlaq huquqlar ikkita kanalga berildi 

Ular bunday huquqlarni litsenziya shartnomasi asosida qo‘lga kiritgani aytilmoqda. 

Hojiboy Tojiboyevning asarlaridan foydalanish bo‘yicha mutlaq huquqlar «Milliy TV» telekanali va «Oriat Dono» radiosiga berildi. Bu haqda San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi xabar berdi. 

«Badiiy so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning merosxo‘rlari huquqlarini himoya qilish maqsadida uning asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi. Endi uning asarlaridan foydalanishda mutlaq huquqlar «Milliy TV» telekanali va «Oriat Dono» radiosi tomonidan litsenziya shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Bu mualliflik huquqini himoya qilishda ulkan qadamdir», deyiladi xabarda. 

Palata litsenziya shartnomasi qiymati qancha ekani haqida ma’lumot bermadi. 

Shu bilan birga, Palata barcha tele va radiokanallarni respublika mualliflari, shuningdek, xorijiy muallif va ijrochilar huquqlarini buzmaslik uchun mualliflik huquqi egalari, jumladan, Palata bilan asarlardan foydalanish uchun litsenziya shartnomasi tuzishga chaqirdi.

Mavzuga oid