Jahon | 13:10 / 28.11.2023
4358
2 daqiqa o‘qiladi

Moskva sudi WSJ jurnalisti Gershkovichni hibsda saqlash muddatini uzaytirdi

The Wall Street Journal muxbiri kamida 30 yanvargacha hibsda saqlanadi. Shu tariqa, Evan Gershkovichning hibsda bo‘lishi umumiy muddati 10 oyni tashkil qiladi.

Foto: RIA Novosti

Moskvadagi Lefortovo sudi Rossiya rasmiylari tomonidan josuslikda ayblangan Amerikaning The Wall Street Journal (WSJ) nashri muxbiri Evan Gershkovichni hibsga olish muddatini ikki oyga uzaytirdi. Moskva umumiy yurisdiksiya sudlarining Telegram-kanaliga ko‘ra, ehtiyot chorasi 2024 yil 30 yanvargacha uzaytirildi. Hammasi bo‘lib Gershkovichning hibsda bo‘lishi umumiy muddati 10 oyni tashkil qiladi.

Advokatlar avvalroq, himoyachining fikriga ko‘ra, jurnalistga hibsga olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi qo‘llanishi mumkinligini bildirgan edi. Gershkovich ishining materiallari maxfiy ostida saqlanmoqda.

Gershkovichning ushlanishi va hibsga olinishi 

Evan Gershkovich 2023 yil mart oyi oxirida Yekaterinburgda qo‘lga olingan va josuslikda ayblangan. «FSB» ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalist «Amerika tomoni ko‘rsatmasi bo‘yicha Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalaridan birining faoliyati to‘g‘risida davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni to‘plagan». 

«FSB»ning tushuntirishicha, amerikalik jurnalist «maxfiy ma’lumotlarni olishga urinayotganda» ushlangan. Keyinroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Gershkovich «pora ustida qo‘lga olinganini» aytdi. Gershkovichning himoyasi jurnalist o‘z aybini tan olmasligini ta’kidladi. Hibsga olingan amerikalik muxbir Moskvadagi Lefortovo tergov izolyatorida saqlanmoqda. 

Mavzuga oid