Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlandi
Tsex tabiiy gaz tarmog‘idan hisoblagichsiz foydalanib kelgan.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi ohak ishlab chiqarish sexi tarmoqqa noqonuniy ravishda, tabiiy gaz hisoblagichisiz ulanib foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Tizim vakillari va organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida sexning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan, bu orqali davlat manfaatlariga 1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Vazirlikka ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda 2023 yilning dastlabki 6 oyida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish tufayli 78,5 milliard so‘m, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish sababli esa 231 milliard 866 million so‘m zarar ko‘rilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025