Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan BAAga boradi
Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr - 2 dekabr kunlari BMTning Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubayda bo‘ladi. Davlat rahbari yalpi sessiyada nutq so‘zlashi hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30 noyabr — 2 dekabr kunlari BMTning Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubay shahrida bo‘ladi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, iqlim bo‘yicha global sammitda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarining davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari qatnashadi.
Tadbir kun tartibidan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi asosiy qoidalarini amalga oshirish, bugungi ekologik tahdid va xatarlarga qarshi kurashish, «yashil» taraqqiyot maqsad va vazifalarini ilgari surishda keng hamkorlik masalalari o‘rin olgan.
Shavkat Mirziyoyev sammitning yalpi sessiyasida nutq so‘zlashi hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston BMTning Hadli konvensiyasiga 1993 yilda qo‘shilgan, 2018 yilda Parij bitimi ishtirokchisi bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025