Mobiuz mobil aloqa operatori 9 yoshda
Ilg‘or texnologik yechimlarni taqdim etuvchi Mobiuz aloqa operatori xizmatlaridan 7,4 milliondan ortiq abonent foydalanib kelmoqda.
1 dekabr – Mobiuz operatori tijoriy ishga tushirilgan kun. 9 yil davomida Mobiuz abonentlarga yuqori sifatli xizmat, innovatsion yechimlar, ommabop tariflar va takliflarni taqdim etishga intilmoqda.
Hozirda Mobiuz mobil aloqasi O‘zbekistonning 99 foiz aholi yashaydigan hududlarini qamrab olgan. Aholini mobil aloqa va mobil internet xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida turli standartlardagi 16 mingdan ortiq tayanch stansiyalari ishlab turibdi.
Birgina 2023 yilning o‘zida xorijiy hamkorlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida 4 mingdan ortiq tayanch stansiyalari ishga tushirildi. Deyarli 1,3 mingta joydagi tayanch stansiyalar UMs 2100 (3G tarmog‘i) chastotasini LTE 2100 (4G tarmog‘i) chastotasiga o‘tkazish orqali qayta jihozlandi. Yirik shaharlar va viloyat markazlarida xizmatlar takomillashtirilgan 4G+ standartida ko‘rsatila boshlandi. Farg‘ona vodiysida 4G LTE tarmog‘ida TDD (Time-division duplexing) texnologiyasini joriy etish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Ushbu chora-tadbirlar natijasida mamlakatimiz aholi yashaydigan hududlarida 4G LTE tarmoqlari qamrovi bir yil avvalgi 88 foizdan hozirgi 92 foizga yetdi. Joriy yilda Mobiuz birinchi bo‘lib butun O‘zbekiston bo‘yicha VoLTE va ViLTE texnologiyalarini ishga tushirdi va abonentlari uchun to‘rtinchi avlod tarmoqlarining yangi imkoniyatlarini ochdi.
Mobil operator texnik va texnologik rivojlanish bilan bir qatorda marketing takliflarini muntazam yangilab turishga ham katta e’tibor qaratmoqda. Hususan, bu yili Mobiuz cheksiz internet xizmatlarini joriy etish bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirdi.
Kompaniyaning barcha tarif rejalari O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlarni o‘z ichiga olgan. “Xotirjam” tarif rejalarida ommabop ijtimoiy tarmoqlardan cheksiz foydalanish imkoniyati mavjud. “Jozibali” tariflaridagi internet hajmi sezilarli darajada oshirilgan. Shuningdek, cheksiz internet va ijtimoiy tarmoqlarni taqdim etuvchi alohida xizmatlar ham bor.
Natijada, bugungi kunda kompaniyaning MBoU ko‘rsatkichi 14 600 MBdan oshgan, ya’ni operatorning abonenti oyiga o‘rtacha shuncha megabayt sarflaydi. Bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 5,5 barobar ko‘pdir.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimi ham takomillashtirilmoqda. Mobiuzʼning respublika bo‘yicha 40 ta ofisi va tijorat hamkorlarining 2,4 mingdan ko‘proq savdo nuqtalari faoliyat olib bormoqda. Operatorning ma’lumot-axborot bo‘limi (call-sentr) har kuni minglab abonentlarga xizmat ko‘rsatadi, 9 yil ichida esa kompaniyaga 124,3 milliondan ortiq qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilgan.
Kompaniya mahsulot va xizmatlar ekotizimini – Mobiuz mobil ilovasi, MobiMusic va MobiCinema xizmatlarini – hamda abonentlarning raqamli imkoniyatlarini kengaytirishda davom etmoqda. Shu tariqa, abonentlar kompaniyaga masofadan ulanish, turli xil onlayn xizmatlar uchun haq to‘lash, MyIDʼni tasdiqlash va davlat xizmatlarini olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mobiuz xizmatlari ekotizimining foydalanuvchilari soni 1 million abonentdan oshdi va kundan-kunga ortib bormoqda.
Mobiuz muntazam ravishda abonentlar uchun turli aksiyalar, tanlovlar va maxsus takliflar taqdim etib kelmoqda. Masalan, shu kunlarda umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘mni tashkil qiluvchi "MOBImania" keng ko‘lamli aksiyasi o‘tkazilmoqda. “Xotirjam” tariflariga ulanayotgan abonentlarga esa 100 000 MB sovg‘a berilmoqda. Boshqa maxsus takliflar ham amal qilmoqda.
Mobiuz o‘zining 9 yilligi munosabati bilan abonentlari uchun ko‘plab kutilmagan sovg‘alar ham tayyorlab qo‘ygan. Ular MyMobiuz Telegram-kanalida bosqichma-bosqich e’lon qilinadi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:00 / 20.12.2023
Mobiuz ISO sertifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi
17:14 / 08.12.2023
Mobiuz 340 kun ichida Toshkent viloyatida 440 dan ortiq tayanch stansiyalarini ishga tushirdi
16:55 / 06.12.2023
Surxondaryo viloyatida 320 dan ortiq Mobiuz tayanch stansiyalari ishga tushirildi
16:59 / 29.11.2023