Sport | 22:26 / 04.12.2023
32461
1 daqiqa o‘qiladi

Oston O‘runov «Navbahor» bilan xayrlashdi

«Navbahor» yarimhimoyachisi Oston O‘runov Superliga-2023 yilgi mavsumi yakuniga yetgach, Namangan klubi bilan xayrlashdi.

«Navbahor» bilan 2023 yilning dekabr oyiga qadar shartnoma imzolagan O‘runov bir yillik kelishuvdan keyin klubni tark etdi. Futbolchi Osiyo Chempionlar ligasi 6-turi doirasidagi Hindistondagi «Mumbay Siti»ga qarshi o‘yinga bormagan.

«The End». Barchasi uchun rahmat, «Navbahor», - deya yozadi Oston O‘runov instagramdagi sahifasida.

O‘zbekiston milliy jamoasining 22 yoshli a’zosi kelasi mavsumni qaysi jamoada o‘tkazishi hozircha noma’lum.

U joriy mavsum Namangan klubi safida Superligada 24 o‘yinda 9ta gol, OChLda esa 5 o‘yinda 3ta golga mualliflik qildi. Vodiy klubi bilan chempionatni 3-o‘rinda yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘runov o‘tgan mavsumlar davomida Rossiyaning «Ufa», «Spartak» va «Ural» klublari safida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid