O‘zbekiston | 18:54 / 04.12.2023
28870
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi 

Ta’til 2023 yil 4 dekabrdan boshlanadi. 

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, ta’til 2023 yil 4 dekabrdan boshlanadi. 

Bundan oldin davlat rahbari 2022 yil 5 yanvar kuni mehnat ta’tiliga chiqqan va 7 yanvar kuni ishga qaytgan edi. 

Shavkat Mirziyoyev prezident lavozimidagi faoliyati davrida to‘rtinchi marta rasman mehnat ta’tiliga chiqmoqda.

Mavzuga oid