Fan-texnika | 20:08 / 05.12.2023
58869
4 daqiqa o‘qiladi

AIQAR elektromobillari O‘zbekistonda: ilk rasmiy avtosalon va yangi modellar taqdimoti bo‘lib o‘tdi 

3 dekabr kuni Toshkentda AIQAR brendining birinchi rasmiy dilerlik markazi ochildi. Avtosalonda Xitoyning AIQAR kompaniyasi ishlab chiqargan avtomobil va elektromobillar sotuvi boshlandi.

Ochilish marosimida AIQAR brendiga tegishli eQ7, Arrizo E avtomobillarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu brendning ilk xaridorlariga 1000$ lik vaucher sertifikatlari topshirildi.

Ayni paytda avtosalon AIQAR kompaniyasining eQ7 krossoveri va hamyonbop Arrizo E so‘nggi avlod elektromobillarini xaridorlarga taqdim etmoqda. Ushbu modellar bir quvvatlashda 512 km va 405 km masofani bosib o‘tishga mo‘ljallangan.

Kompaniya 24 yildan buyon avtomobil bozorida xaridorgir bo‘lgan keng turdagi elektromobillar va gibrid avtomobillar ishlab chiqarib, ularni muvaffaqiyatli tarzda 660 mingdan ziyod mijozlarga yetkazib bergan. Xitoyning Wuhu provinsiyasida va boshqa hududlarida joylashgan AIQAR zavodlari nafaqat avtomobillar, balki barcha ehtiyot qismlarni yetkazib beradi. Toshkentda ochilgan yangi avtosalonda servis xodimlari uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoyning o‘zida malaka oshirib kelish imkoniyati yaratilgan. Bu esa sifatli servis xizmatini, mijozlar uchun qulaylikni ta’minlaydi.  

AIQAR bu - so‘nggi avlod yangi energiya manbalari bo‘yicha avtomobillar  ishlab chiqaruvchi va ularning sotuvlari bilan shug‘ullanuvchi 24 yillik izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar va tajribaga ega kompaniya hisoblanadi.

2012 yilda Xitoydagi birinchi Xitoy-Britaniya qo‘shma korxonasi – Jaguar, Land Rover Motors tashkil etilgan edi. Jaguar, Land Rover Motors bilan birgalikda Xitoyning alyuminiy asosidagi birinchi yengil platformali avtomobillari dunyoga keldi va Xitoyning avtomobil sanoatida fan va texnologiya taraqqiyoti uchun beriladigan birinchi maxsus mukofotini ham qo‘lga kiritdi. AIQAR kompaniyasi ochilishi va rivojlanishiga ham mazkur hamkorlik asos bo‘ldi. Chunki AIQAR elektromobillari ana shu texnologiya – alyuminiy asosidagi yengil platformali avtomobillar sanaladi.

O‘zbekistondagi AIQAR brendining birinchi rasmiy dilerlik markazi direktori Jamshid Mansurov barcha viloyatlarda filiallar ochilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi:

“Bugun yangi brendni taqdim etdik. AIQAR kompaniyasi 24 yillik tajribaga ega. Xitoy xalq respublikasida ilk quyma alyumin platforma asosida avtomobil yig‘ish mazkur kompaniyada yo‘lga qo‘yilgan. Bu avtomobil og‘irligining 25-30% ga yengil bo‘lishini ta’minlaydi. Xavfsizligini esa 50-60% gacha ko‘tarib beradi va elektromobilning yurish masofasini 40-50% gacha oshiradi.

Kompaniya avtomobillarining qulayligi shundaki, ular kompaniyaning o‘ziga tegishli patentlangan maxsus texnologiyalari asosida yig‘ilgan bo‘lib, narxlar esa o‘z analoglari orasida nisbatan arzon hisoblanadi.

Avtomobillarga 5 yil/ 150.000 km masofagacha, batareya tizimi uchun esa 8 yil sifat kafolati beriladi. Butun respublika bo‘ylab har bir viloyatda dilerlik markazlari ochishni rejalashtirganmiz”, - dedi u.

O‘zbekistonda AIQAR kompaniyasiga tegishli elektromobillarni rasmiy dilerlik markazlaridan tashqari boshqa yo‘llar bilan olib kirgan taqdirda ishlab chiqaruvchi tomonidan bloklash tizimi joriy qilingan.  

AIQAR – yangi avlod elektromobillari!

instagram.com/aiqar.uzbekistan

+998 91 055 03 03
+998 91 033 03 03

Reklama