Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy harbiy gospital Qurolli kuchlar Bosh harbiy gospitali etib qayta tashkil etiladi
"Harbiy-tibbiy kadrlarni tayyorlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali Qurolli kuchlari Bosh harbiy klinik gospitali etib qayta tashkil etiladi.
Qurolli kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi va gospital nufuzini xalqaro darajaga ko‘tarish bo‘yicha quyidagilar ustuvor yo‘nalishlar etib belgilanadi:
ta’lim jarayonini va ilmiy-tadqiqot ishlarini davolash-diagnostika jarayoni bilan uzviylikda tashkil etish, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va innovatsion o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish, akademiyaning klinik bazalarida nazariy bilim hamda amaliyotning uyg‘unligini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratish;
akademiyaning ta’lim dasturlarini WFME hamda gospitalni ISO, JCI, ISQuaEEA kabi xalqaro standartlarga moslashtirgan holda bosqichma-bosqich akkreditatsiyadan o‘tkazish;
ilg‘or xorijiy tajriba asosida shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning zamonaviy tizimini joriy etish;
respublika va xorijiy davlatlarning yetakchi tibbiy ta’lim, davolash va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng va doimiy hamkorligini o‘rnatish orqali ularning o‘quv-pedagogik, ilmiy va davolash-diagnostika salohiyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasi va mahoratini uzluksiz oshirib borish;
akademiya va gospital faoliyatiga ilg‘or xorijiy menejment va marketing, tibbiy reabilitatsiya tizimlarini joriy qilish, ularning moddiy-texnik bazasini doimiy ravishda rivojlantirib borish;
akademiya va uning tuzilmasidagi Harbiy tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti imkoniyatlarini taktik, operativ va strategik bo‘g‘inda qo‘shinlar tibbiy ta’minotining dolzarb muammolarini muntazam o‘rganib borishga yo‘naltirish, ularni bartaraf etish maqsadida Qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
harbiy xizmatchilar sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilishiga olib kelayotgan sabab va omillarni barvaqt aniqlash choralarini ko‘rish, maqsadli skrining hamda to‘g‘ri ovqatlanish asoslari, kasalliklar profilaktikasi, kun tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish va zararli odatlardan voz kechish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish;
dori vositalari va tibbiyot buyumlarini hamda yuqori texnologiya va dalillarga asoslangan davolash-diagnostika standartlarini kiritish.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
15:00 / 20.05.2025
YeI davlatlari yangi mudofaa jamg‘armasi bo‘yicha kelishib oldi
14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
18:33 / 19.05.2025