Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalariga pulli tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
"Harbiy-tibbiy kadrlarni tayyorlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qurolli kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi, Qurolli kuchlar Bosh harbiy klinik gospitali va Mudofaa vazirligining boshqa harbiy-tibbiy muassasalariga:
jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan O‘zbekiston norezidentlariga (xorijiy davlatlar fuqarolariga) shartnoma asosida pulli tibbiy xizmat ko‘rsatish;
pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar hisobidan barcha toifadagi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini bajarilgan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga qarab mustaqil belgilash. Bunda, pulli xizmatlar ko‘rsatishdan kelib tushgan mablag‘lardan tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun amalga oshirilgan sarf-xarajatlarni qoplashdan qolgan qismining 50 foizgacha bo‘lgan qismini xodimlarga rag‘batlantirish to‘lovlari sifatida yo‘naltirish;
pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar hisobidan mustaqil izlanuvchi va doktorantlarning xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalari (Scopus, Web of Science va boshqalar) tomonidan e’tirof etilgan yuqori reytingli jurnallarda sohaga oid ilmiy maqolalar chop etish sarf-xarajatlarini qoplab berish;
akademiyaning klinik sikl va kurslarini uning klinik bazalarida tashkil etish, kursant va tinglovchilarga bemorlarni davolash-diagnostika jarayonida bevosita ishtirok etishi, akademiyaning bo‘lim va markaz boshliqlari hamda gospital shifokorlarining ta’lim jarayoniga belgilangan tartibda jalb etilishiga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
15:00 / 20.05.2025
YeI davlatlari yangi mudofaa jamg‘armasi bo‘yicha kelishib oldi
14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
18:33 / 19.05.2025