Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-AQSh: O‘zbekistonda «Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi» tashkil etiladi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kolumbiya universiteti ijtimoiy ish maktabi va YuNISEF o‘rtasida nafaqat O‘zbekistonda, balki butun mintaqada ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi kutilayotgan «Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi» tashkil etishni nazarda tutuvchi memorandum imzolandi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi Nyu-York shahridagi Kolumbiya universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mazkur oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan muzokaralar, shuningdek, bir qator taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaning dolzarb muammolari bo‘yicha fikr almashildi.

Kolumbiya universiteti fuqarolarni ijtimoiy himoya bilan ta’minlashda O‘zbekistonning «mahalla» instituti tizimini o‘rganishga alohida qiziqish bildirmoqda.

Agentlik delegatsiyasi universitet prezidenti Minush Shafik bilan ham uchrashdi.
Muzokaralar natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kolumbiya universiteti ijtimoiy ish maktabi va YUNISEF o‘rtasida nafaqat O‘zbekistonda, balki butun mintaqada ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi kutilayotgan «Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi» tashkil etishni nazarda tutuvchi uch tomonlama o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.


Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025