O‘zbekiston | 14:00 / 06.12.2023
5704
1 daqiqa o‘qiladi
Reklama

QS xalqaro reyting agentligi 2024 yil uchun QS World University Rankings: Sustainability 2024 natijalarini e’lon qildi

Unda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti QS xalqaro reyting agentligi tomonidan 2024 yil uchun e’lon qilingan QS World University Rankings: Sustainability 2024  reytingida dunyo universitetlari orasida TOP 1000 lik universitetlar ro‘yxatida e’tirof etildi.

Ushbu barqaror rivojlanish xalqaro reytingida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti dunyo universitetlari orasida 701 o‘rinda, Osiyoda 190 o‘rinda va O‘zbekiston universitetlari orasida 1-o‘rinda bo‘ldi.

Ushbu reyting quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti - Ekologik ta’lim bo‘yicha 100-o‘rin, atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha 312-o‘rin, Ekologik barqarorlikda 299-o‘rin, Ta’lim boshqaruvda-323-o‘rin, Bilim almashishda 890-o‘rin va umumiy ko‘rsatkichlarda 701-o‘rinni egalladi.

Mavzuga oid