Urganch va Xiva o‘rtasida trolleybus harakati tiklandi
Qatnov ta’mirlash ishlari olib borilgani sababli 20 noyabrda to‘xtatilgandi.

Foto: Videodan kadr
30 noyabrdan «Xorazm trolleybus boshqarmasi» korxonasi Urganch-Xiva-Urganch yo‘nalishida trolleybuslar harakatini tikladi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, harakat yuqori kuchlanishli elektr simlari va transformatorlarida ta’mirlash ishlari olib borilgani sababli 20 noyabrda to‘xtatilgandi.
Hozirda yo‘nalish bo‘ylab 8 ta trolleybus soat 6:45 dan 18:45 gacha harakatlanmoqda.
Urganch va Xiva o‘rtasidagi trolleybus liniyasi mamlakatda trolleybus tizimining yagona liniyasi hisoblanadi.
Mavzuga oid

14:39 / 13.05.2025
Urganchga Xitoydan 30 ta avtobus olib kelindi

20:33 / 01.05.2025
Prezident Urganch shahrida jamoat transporti faoliyati bilan tanishdi

14:50 / 01.05.2025
TATU Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo‘shib yuboriladi

14:19 / 01.05.2025