Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi uchun birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratiladi
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Yangi Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasini moliyalashtirish nazarda tutilgan qarorni tasdiqladi.
Mahalliy kengashning 2023 yil 4 dekabrdagi qarori bilan deputatlar Toshkent shahar mahalliy budjetidan qator tadbirlarga mablag‘ ajratishni tasdiqlagan. Ular orasida Yangi Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi ham bor.
Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqovning joriy yil 10 iyuldagi qarorida hokimlik va “ToshkentboshplanLITI” DUK o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzilgani aytiladi. Shartnomaga ko‘ra birinchi bosqichda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 40 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Hujjat bilan Toshkent shahrining yangi bosh rejasi “Yangi Toshkent” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi etib poytxat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi belgilangan.
5 sentabr kuni Yangi Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi prezidentga taqdim etilgan, yangi shaharni hozirgi Toshkent bilan muvaffaqiyatli birlashtirgani uchun Buyuk Britaniyaning Cross Works arxitektura kompaniyasi taklif etgan loyiha tanlab olingandi.
Mavzuga oid
10:24 / 15.05.2025
Yangi Toshkent hududining 30 foizi bog‘ va xiyobonlar uchun ajratiladi
19:28 / 17.03.2025
Yangi Toshkent shahri uchun Toshkent viloyatidan yana qo‘shimcha yer ajratildi
16:30 / 13.03.2025
Toshkentga tramvayni qaytarish bo‘yicha yana bir “yo‘l xaritasi” imzolandi
11:20 / 04.03.2025