Buxoroda kriminogen vaziyatga ta’sir qiluvchi 38 nafar shaxs qamoqqa olindi
Tadbir davomida 1 ta odam o‘g‘irlash va bosqinchilik, 2 ta noqonuniy ov quroli saqlash hamda 9 ta boshqa turdagi jinoyatlar aniqlangan.
Buxoro viloyatida o‘tkazilgan keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar davomida jinoyatlarga aloqador shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, IIB va uning hududiy organlari xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida sodir etilib, fosh qilinmasdan qolgan 22 ta jinoyat fosh etilgan hamda qidiruvda bo‘lgan 31 nafar shaxs ushlangan. Tadbir davomida 1 ta odam o‘g‘irlash va bosqinchilik, 8 ta giyohvandlik hamda psixotrop dori vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, 2 ta noqonuniy ov quroli saqlash hamda 9 ta boshqa turdagi jinoyatlar aniqlangan.
Mazkur jinoyatlarda gumon qilinuvchi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning 5 nafariga qamoqqa olish hamda 15 tasiga boshqa turdagi ehtiyot choralari qo‘llangan.
Shuningdek, reyd tadbirlari davomida 98 nafar shaxs bilan manzilli profilaktik ishlar olib borilib, kriminogen vaziyatga ta’sir qiluvchi 38 nafar shaxs ma’muriy qamoqqa olingan.
Bungacha Toshkent shahridan tashqari Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlarida jinoyatchilarni qo‘lga olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
20:55 / 20.11.2024
“Eski, sovuq sinfxonalarda o‘qiyapmiz” – Buxoroda qurilishi bitmagan maktab-internat o‘quvchilari sarson bo‘lyapti
18:24 / 20.11.2024
Fayzulla Xo‘jayevning jiyani professor Sulaymon Inoyatov vafot etdi
14:38 / 20.11.2024