O‘zbekiston | 07:26 / 08.12.2023
3454
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va BAA fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlatlararo bitim imzolaydi

O‘zbekiston adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Birlashgan Arab Amirliklari adliya vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi.

Foto: Adliya vazirligi

Joriy yilning 7 dekabr kuni Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining adliya vaziri o‘rinbosari Abdul Rahmon Al Blushi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Adliya vazirligi delegatsiyasi BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida “Qonunchilik va normativ-huquqiy bazani shakllantirishda yashil o‘sish tamoyillarini tatbiq etish” mavzusi bilan ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan ikki davlat o‘rtasida adliya va huquq sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan inson huquqlarini ta’minlash, qonun ustuvorligi, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, mediatsiya sohalarida BAA bilan samarali va natijaga qaratilgan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tomonlar fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlatlararo bitim loyihasi bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi va uning imzolanishini tezlashtirishga kelishib oldi. Bundan tashqari, hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan ikki davlat adliya organlari o‘rtasida huquq va adliya sohasida hamkorlik yuzasidan memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid