O‘zbekiston va Ispaniya 5 ta sohada mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatadi
O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamkorlik istiqbollarini kelishib oldi.

Foto: Dunyo
Ispaniyaning Ta’limni xalqarolashtirish xizmati (SEPIE) bilan hamkorlikda Kadis shahrida O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchrashuvi tashkil etildi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, tadbirda O‘zbekiston tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi vakillari va 8 ta oliy ta’lim muassasalari rektorlari, Ispaniyadan esa Tashqi ishlar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari, Oliy ta’limini xalqarolashtirish bo‘yicha xizmati (SEPIE), Kadic shahri meriyasi, Ispaniya rektorlar konferensiyasi tashkiloti va 10 ta universitet rektorlari ishtirok etdi.
Tomonlar ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim sohasida ulkan salohiyat mavjudligini, yoshlar orasida o‘zbek va ispan tillariga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etdi. O‘z navbatida, ta’lim sohasida nafaqat tillarni o‘rganish, balki, boshqa yo‘nalishlarda ham o‘zaro qiziqish borligi ta’kidlandi. Xususan, tomonlar qishloq xo‘jaligi, irrigatsiyada suv tejash texnologiyalarini joriy etish, konchilik, muhandislik, qayta tiklanuvchi energiya va boshqa sohalarda mutaxassislarni tayyorlash va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish yo‘nalishlarida ham hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirdi.
Tadbir yakunida ikki davlat OTM o‘rtasida bir qator hamkorlik memorandumlari imzolandi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar almashinuvini, shu jumladan, Yevropa Ittifoqining «Erazmus+» dasturi doirasida yo‘lga qo‘yish va kelgusida qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid

17:50 / 01.03.2025
Ko‘chatlar nima sababdan quriydi, ularni qanday ekish kerak o‘zi? – mutaxassis bunga javob berdi

10:39 / 30.01.2025
Kiberjinoyatchilik bilan kurashish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi

13:39 / 10.01.2025
O‘rta ta’lim muassasalariga 500 nafar xorijiy mutaxassis jalb etiladi

20:24 / 14.12.2024