O‘zbekiston | 07:11 / 08.12.2023
6040
2 daqiqa o‘qiladi

Quyuq tuman O‘zbekistondagi bir qator aeroportlar faoliyatini cheklab qo‘ydi

Quyuq tuman tufayli ko‘rish masofasining yomonlashishi Farg‘ona, Namangan va Samarqand aeroportlarida reyslarning qo‘nishi va jo‘nashini cheklab qo‘ydi.

Foto: Uzbekistan Airports

Irkutsk – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha SBI-6323 reysini amalga oshirayotgan S7 Airlines samolyoti belgilangan aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rish masofasi - 50 metr) tufayli mahalliy vaqt bilan soat 23:27 da Namangan aeroportidagi muqobil aerodromga qo‘ndi. Aviakompaniya qaroriga ko‘ra, 177 nafar yo‘lovchi Farg‘onaga yerusti transporti orqali yetkaziladi.

Biroq soat 00:10 dan boshlab Namangan aeroportini ham quyuq tuman qopladi – ko‘rish masofasi 600 metrni tashkil etdi. Samolyotlarni qabul qilishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Samarqand xalqaro aeroportida ham qalin tuman kuzatildi – ko‘rish masofasi 50 metr. Aeroportda samolyotlarni qabul qilish cheklandi.

Panorama Airways aviakompaniyasining Madina – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha UZP-5382 reysidagi ekipaj a’zolari Namangan aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli Toshkentdagi muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 02:33 da bortida 170 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent aeroportiga qo‘ndi.

Soat 2:54 da Samarqand xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlandi.

Mavzuga oid