Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 2,4 mlrd so‘mlik zarar keltirgan mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi
Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, tizimga 2,4 mlrd so‘mlikdan ziyod zarar yetkazilgan.
Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» kuni kecha huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda Andijon viloyatida navbatdagi tungi reyd tadbirini o‘tkazdi.
Tadbir davomida «E.» MChJga tegishli ishlab chiqarish sexida 33 dona mayning qurilmasi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan holda, noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu MChJ tomonidan tizimga 2,4 mlrd so‘mlikdan ziyod zarar yetkazilgan.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025