Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Michiganda sinfdoshlarini o‘ldirgan o‘smir umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Fojia sodir bo‘lgan paytda jinoyatchi 15 yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, u kattalar jinoiy qonunchiligi asosida sudlangan. O‘smirning ota-onasi o‘g‘li xatti-harakatlaridagi shubhali belgilarga e’tibor bermaganlikda ayblanmoqda.

Foto: AP
AQShning Michigan shtatidagi maktabda sodir bo‘lgan otishmada to‘rt nafar o‘quvchi o‘ldirilganidan ikki yil o‘tib, jinoyatni sodir etgan o‘smir Itan K. umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu hukmni 8 dekabr, juma kuni Oklend okrugi sudyasi Kvame Rou e’lon qilib, 17 yoshli sudlanuvchini shartli ozodlikka chiqish huquqidan mahrum qildi.
Hujum sodir etilgan paytda jinoyatchi 15 yoshda bo‘lgan bo‘lsa-da, u kattalar uchun nazarda tutilgan jinoiy qonunchilik bo‘yicha sudlangan.
2021 yil 30 noyabr kuni Detroyt shimolidagi Oksford shahridagi maktabda o‘quvchi o‘t ochgandi. 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar o‘quvchi halok bo‘ldi, yana olti nafar o‘smir, shuningdek, bir o‘qituvchi jarohat oldi.
Itan K.ning ota-onasi xuddi shu ish bo‘yicha ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘ldirishda ayblangan. Ular nafaqat o‘g‘liga qurol berganlikda, balki uning xatti-harakatlarida zo‘ravonlikka moyillik mavjudligidan ogohlantiruvchi shubhali belgilarga e’tibor qaratmaganlikda ayblanmoqda. Hujumdan sal avval o‘smir qurol ko‘tarib tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025