Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Polshadagi yangi elchisi ish boshladi
O‘zbekiston elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev Polsha prezidenti Anjyey Dudaga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Taqdimot marosimi Polsha rahbarining rasmiy qarorgohi – Varshavadagi Belvedere saroyida bo‘lib o‘tdi.
Rasmiy marosim doirasida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Polsha prezidenti barcha sohalarda ikkitomonlama hamkorlikni yanada faollashtirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi. Polsha O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim va istiqbolli hamkor deb bilishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va ortga qaytmas islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi alohida ta’kidlandi.
Polshalik general Vladislav Andersning askarlari dafn etilgan maskanni obod etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirildi.
Ishonch yorliqlari topshirilgandan so‘ng elchi Varshavadagi Noma’lum askar qabriga gulchambar qo‘yish marosimi qatnashdi.
O‘zbekistonning yangi elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev 7 noyabr kuni Varshavaga tashrif buyurgan edi. Bunga qadar u TIV Konsullik-huquqiy departamentida, O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli lavozimlarida ishlagan. Diplomat 38 yoshda. Toshkent davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025