O‘zbekiston TIV rahbari 5 davlat elchilari bilan kelgusi yil uchun ustuvor vazifalarni belgilab oldi
O‘zbekiston TIV rahbari va Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina hamda Gurjiston elchilari 2023 yilda ikki tomonlama munosabatlarda erishilgan yutuqlarni ko‘rib chiqdi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalarni belgilab oldi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iziston elchisi Musa Jamanbayev, Qozog‘iston elchisi Beybut Atamkulov, Tojikiston elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, Ukraina elchisi Mikola Doroshenko va Gurjiston elchisi Georgiy Chxeidzeni qabul qildi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, yil davomida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlar ko‘rib chiqildi va kelgusi yil uchun asosiy ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Tashqi ishlar vaziri elchilarga jadal sur’atlarda kengayib borayotgan umumiy kun tartibini yanada sezilarli natijalar bilan boyitishga bo‘lgan intilishi uchun minnatdorlik bildirdi.
Mavzuga oid
19:03 / 18.11.2024
O‘zbekistonda xorijliklarni nomaqbul shaxs deb topish haqidagi qonun kuchga kirdi
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
10:30 / 24.10.2024
RF TIV idora resurslariga keng ko‘lamli DDoS-hujum haqida xabar berdi
12:10 / 23.10.2024