Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Aleksey Navalniyning g‘oyib bo‘lganidan xavotirda
Aleksey Navalniy zudlik bilan ozod qilinishi kerak, u qamoqqa tushmasligi kerak edi, dedi Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi.
AQSh ma’muriyati siyosatchi Aleksey Navalniyning g‘oyib bo‘lgani haqidagi xabarlardan chuqur xavotirda, dedi 11 dekabr, dushanba kuni Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi. «U zudlik bilan ozod etilishi kerak. Bundan tashqari, u qamoqqa tushmasligi kerak edi», - deya ta’kidladi Kirbi jurnalistlar bilan suhbatda.
Avvalroq rossiyalik muxolifatchining tarafdorlari u bilan olti kundan beri bog‘lana olmayotganliklarini, Vladimir viloyatidagi 6-sonli axloq tuzatish koloniyasi (IK-6) xodimlari esa Navalniy «endi u yerda ro‘yxatda yo‘qligini» ma’lum qilganini aytgan edi. Uning hozir qayerda ekanligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Siyosatchi tarafdorlari ijtimoiy tarmoqlarda #GdeNavalnyy heshtegini yo‘lga qo‘ygan bir paytda, Yevroparlament a’zolari Rossiyani javobgarlikka tortishni talab qilmoqda. Shu tariqa, Belgiyaning sobiq bosh vaziri, hozirda Yevropa Ittifoqi parlamentidagi liberal-demokratik fraksiya raisi Gi Verxofstadt Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelni «zudlik bilan Rossiyadan tushuntirish so‘rashga chaqirdi». «Navalniy nafaqat siyosiy mahbus, balki Saxarov mukofoti laureati hamdir. Uni va uning ishini saqlab qolish bizning burchimiz!» – deb yozdi Yevroparlament deputati X ijtimoiy tarmog‘ida.
Jozep Borrell rossiyalik siyosatchining g‘oyib bo‘lganiga hozircha izoh bermadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025