Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Iroq o‘zaro hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Iroq bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri siyosiy muloqotni faollashtirish hamda hamkorlik ko‘lamini kengaytirish muhimligini ta’kidladi.
Tashrif bilan Bag‘dod shahrida bo‘lgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyev Iroq bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, Iroq tomoni O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali sheriklikni yanada mustahkamlash va o‘zaro ustuvor sohalarda hamkorlik ko‘lamini kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar almashinuvni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi. Iroq tomoni O‘zbekiston mahsulotlarining Iroq bozoriga chiqishi va O‘zbekistondan import turlarini kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Uchrashuvda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
19:09 / 15.04.2025
Iroqda kuchli qum bo‘ronlari kuzatilmoqda. Mamlakatda aviaqatnovlar to‘xtatildi
21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi
17:24 / 03.02.2025
Shvetsiya Qur’onni yoqib yuborgan Momika o‘limida gumon qilinganlarni ozod etdi
17:34 / 31.01.2025