Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensiya va nafaqa to‘lovini ortiqcha ovoragarchiliksiz to‘xtatib turish imkoni yaratildi
O‘zbekistonda endilikda pensiya va nafaqa to‘lovini ortiqcha ovoragarchiliksiz to‘xtatib turish imkoni yaratildi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabariga ko‘ra, my.gov.uz portalida “Pensiya va nafaqa berishni to‘xtatib turishga ariza berish” xizmati ishga tushirildi.
Ushbu xizmat quyidagi hollarda kerak bo‘lishi mumkin:
vaqtinchalik pensiya yoki nafaqa kerak bo‘lmasa va ularni olishni ma’lum muddatga to‘xtatib turish zarurati yuzaga kelganida;
mamlakat tashqarisida bo‘lganlik uchun ma’lum vaqt davomida pensiya yoki nafaqa to‘lovlari olinmasa;
to‘lovlarni vaqtinchalik to‘xtatib turishni talab qiladigan o‘zgarishlar yuz bersa.
Mazkur xizmatni olish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi. Xizmat ariza topshirilgandan keyin avtomatik tarzda taqdim etiladi.
Mavzuga oid
16:58 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
00:23 / 17.02.2025
Mart va avgustdan oyliklar va pensiyalar oshishi haqidagi mish-mish rad etildi
23:17 / 13.02.2025
O‘zbekistonda pensiyani arizasiz - avtomatik tarzda tayinlash tizimiga o‘tiladi
21:19 / 29.12.2024