Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda Turkiya va Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Yangiyer shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroni Turkiya va Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilib, undan 8100 AQSh dollari va 1,2 mln so‘m olganlar ushlandi.
Sirdaryo viloyatida fuqaroni Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilib, undan pul olganlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan Yangiyer shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Yo.A. (muqaddam sudlangan) tanishi U.P. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.A.ni Amerika Qo‘shma Shtatlariga borishi uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib, Turkiya va Meksika orqali yuborishi evaziga U.P. 8100 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025