O‘zbekiston | 15:00 / 12.12.2023
7204
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

VITODENS yechimi: “Ziqna ikki marta to‘laydi” yoxud fizika qonunlarida 110%lik samaradorlikka erishish mumkinmi?

Avvalgi “Qish g‘amini yozda ko‘r” yoxud uy egalari nima uchun Viessmann'dan VITODENS isitish qozonlarini tanlamoqda?” deb nomlangan maqolamizda yangi uy-joy qurish hajmining yiliga 90 minggacha oshayotgani, qishki anomal sovuqlarga munosib javob sifatida Yevropaning yuqori sifatli isitish qozonlari misolida so‘z yuritgan edik.

Biroq navbatdagi maqolamizda Vitodens isitish qozonlarining yana bir muhim jihati, ya’ni innovatsion texnologiyalar tufayli ishonib bo‘lmaydigan darajada tejamkorlikni ta’minlay olishi haqida gap boradi.

Bizni hayratga solgan masala shundaki, Viessman kompaniyasining Vitodens isitish qozonlari tejamkorlik borasida erishgan inqilobiy natijalardir. Viessman taklif etayotgan uskunalar energiya resurslarini tejaydi deganda turlicha tassavurlar bo‘lishi mumkin. Biroq Vitodens uskunasining foydali samaradorlik koeffitsiyenti (FSK) 110% bo‘lishiga hech kim ishonmasa kerak!

Bu bilan Viessman fizika qonunlarini buzmoqdami?

“Bunday natijaga erishish mumkin emas” deb, o‘ylaydi ko‘pchilik, chunki fizika darslarida bizni tabiatan foydali samaradorlik koeffitsiyenti 100% ham bo‘lishi mushkul deb o‘qitishgan.

Rostini aytsak, bozorda taklif qilinayotgan aksariyat isitish tizimlari FSK ko‘rsatkichi nari borsa 60-80 % tashkil qiladi. Sababi aksariyat isitish uskunalarining ishlash jarayonida infraqizil nurlar energiyasiga yo‘qotishi 15% gacha, tutun chiqarish tizimi orqali ham 15 % gacha issiqlikni yo‘qotilishi mavjud (yonish mahsulotlari bo‘lmish gaz va bug‘dan iborat bo‘lgan chiqindilar ochiq havo atmosferasiga chiqib ketadi). Va bu yo‘qotilgan, aniqrog‘i foydalanilmagan energiya sifatida qabul qilinadi, FSK ko‘rsatkichiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Viessmann qozonlari misolida bunga yuqori sifatli texnologiyalar yordamida yechim topildi. Jumladan, ular infraqizil nurlardan hamda qolgan issiqlikni saqlaydigan zamonaviy yuqori texnologik konstruksiyaga ega. Bundan tashqari, ushbu konstruksiya tabiiy gazning kislorod bilan yonishi natijasida hosil bulgan suv bug‘ini qayta suvga aylanishiga majburlaydi (ya’ni kondensatsiya jarayoni). Natijada kondensatsiya tufayli yana qo‘shimcha 12% energiya hosil bo‘lib, jami samaradorlik 110% gacha erishish imkonini beradi.

Mutaxassislarning baholariga ko‘ra isitish qozonlari 30-50 C* haroratida eng yuqori FSK ko‘rsatkichlariga ega. Bu ayniqsa ko‘pchilik xonadonlarda “issiq pol” yoki “issiq devor” tizimlarida eng samarali yechim sifatida ko‘rilishi mumkin. 

Tasavvur qiling-da, boshqa isitish qozonlari kamida 60 C* gradus issiqlikda ishlaydi va issiq pollarimiz chidab bo‘lmaydigan darajada qizib ketadi, ortiqcha issiqlik ishlab chiqariladi va hamyonimizdan foydalanilgan gaz resurslari uchun to‘lovlarni bir necha barobar ortiqcha sarflashga olib keladi.

Viessmann isitish qozonlaridan foydalanish sizga bir qator yutuq va afzalliklarni qo‘lga kiritish imkoniyatini beradi.

Xaqiqatdan ham, har tamonlama puxta ish tutishga allaqachon o‘rganib bo‘lgan mijozlar Vitodens isitish qozonlarini tanlar ekan, uskunaning boshqalarga ko‘ra tejamkorligi va sifati yuqori bo‘lgani, foydalanish muddati davomliroq, uni oson va hattoki uyali telefon yoki noutbukda o‘rnatilgan maxsus ilova orqali masofadan boshqarish imkoniyati mavjudligi tufayli tanlamoqda.

Vitodens isitish qozonlarining yana bir qulay jihati shundaki, gaz uzilishlari sharoitida siz ushbu uskunaga osonlikcha propan gaz ballonlarini ham ulab foydalanishingiz mumkin.

Qisqa va lo‘nda aytadigan bo‘lsak, bu inqilobiy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan isitish uskunalari bozordagi eng qimmat deb tuyulsa ham, aslida gaz resurslari uchun xarajatlar tejalishi oqibatida, ancha arzonga tushadi.

Bu fakt! Zero donishmand xalqimiz “Ziqna ikki marta to‘laydi” deb bejiz aytmaydi.

Xonadoningiz uchun qulay hamda hamyoningiz uchun arzon isitish qozonini izlayotgan bo‘lsangiz, fizika qonunlarida inqilobiy tejamkorlikka erishgan ixcham va shovqin darajasi pastligi bilan ajralib turadigan Vitodens uskunalariga e’tibor qarating!

Viessmann bayram munosabati bilan tanlov e’lon qildi

Yangi yil munosabati bilan kompaniya Vitodens isitish qozoni haqida insholar tanlovini e’lon qildi. Unda ishtirokchilar “Men nima uchun Vitodensni tanlayman va tavsiya qilaman?“ mavzusida insho yozishlari kerak.

Insholarda mualliflar Vitodens yuqori texnologik uskunasi aynan qaysi jihatlari bilan mehrini qozongani haqida yozishlari va muallif ism-sharifi, imzosi, kasbi, manzili, telefon raqami, sana ko‘rsatilgan holda, telegramdagi @Viessmann_uzbek akkauntiga sifatli rasm yoki pdf shaklida jo‘natishlari kerak. Matn o‘zbek yoki rus tilida 75 tagacha so‘zdan iborat bo‘lgan va kompyuterda terilgan bo‘lishi shart.

Insholar 22 dekabr soat 12.00 gacha qabul qilinadi, tanlov natijalari 29 dekabr kuni kompaniyaning viessmann.uz rasmiy vebsayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi!

Sovrin:

Kompaniya tomonidan 10 ta eng yaxshi insholar tanlab olinadi va 1-o‘rin g‘olibiga «Vitodens 100» isitish qozonining istalgan quvvatdagisi sovg‘a qilinadi!

Qolgan eng yaxshi 10 talikka kirgan insholar mualiflari esa qimmatbaho soatlarga ega bo‘lishadi. Tanlovda ishtirok eting!

Qish faslidagi anomal sovuqlarni kutib o‘tirmang, darhol O‘zbekistondagi rasmiy Viessmann ofisi xodimlariga +998971449090, +998907995445, +998971562463, +998555029090 telefon raqamlari yoki Telegram orqali Viessmann qozonlari xaqida ma’lumot olish va buyurtma berish uchun bog‘laning!

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish